1. O’ralgan qog’ozni olib tashlang
Agar guldasta qog’oz yoki boshqa qadoqqa o’ralgan bo’lsa, gullarni suvga joylashtirishdan oldin uni olib tashlash tavsiya etiladi.
2. Gulning poyasini kesing
Agar u daraxtsimon poya bo’lsa (masalan, gortenziya, siren), qiyshiq kesma qiling va uni 2 ga bo’ling. Agar bu bahor gullari (masalan, lolalar) bo’lsa — tekis kesing.
Har kuni yangidan kesib turing.
3. CHRYSAL o’g’itidan foydalaning
Chrysal — gullar uchun o’g’it. Bir paket Chrysalni 0,5 litr suvga aralashtiring. Gullarni kesib bo’lgach, ularni o’g’itli suvga joylashtiring. Chrysaldan foydalanganda suvni o’zgartirmaslik kerak.
Lekin, agar siz Chrysalni ishlatmaslikka qaror qilsangiz, suvni har kuni o’zgartirish muhim.
4. Guldon uchun joy tanlang
Keskin harorat o’zgarishi bo’lmagan, salqin joyni tanlash muhim, masalan, stolda, shamol va to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan uzoqda.
5.Guldastaga suv sepib turing
Yaxshiroq parvarish qilish uchun gulga toza suv sepib turishingiz mumkin. Deyarli barcha kesilgan gullar namlikni yaxshi ko’rishadi, shuning uchun kuniga 1-2 marta suv sepish ularning go’zalligini saqlab qoladi.